Bojalar - Men Seni Sog'inganda paroles de chanson

paroles de chanson Men Seni Sog'inganda - Bojalar



Seni men sog'inganda
Gitaramni sozlayman,
Ko'zlaring namlanganda
Senga qo'shiq kuylayman.
Men seni sog'inganda
Jonim, seni eslayman.
Shirin-shirin so'zlaring,
Erkalashing qo'msayman.
Seni men sog'inganda
Yoningga borsam deyman,
Ko'zlaring quvnaganda
Erkalab yursam deyman.
Men seni sog'inganda
Ko'zlaring ko'rsam deyman,
Faqat jonim, o'zingning
Yagonang bo'lsam deyman.
Bugun katta ko'chadan
O'tolmayman, go'zalim.
Seni ko'rib qolsam men,
So'zlolmayman so'zlarim.
So'ylolmayman so'zlarim.
Mahallangga o'tsam kech,
Derazangga tosh otsam,
Shirin uyquda uxlaysan,
Meni sira o'ylamaysan.
Tong otsa ham uxlamay,
Seni jonim, o'ylayman.
Ko'zlarim bir zum yumsam,
Ko'z o'ngimda seni ko'raman.
Yong'oq daraxt tagida
Seni o'ylab kutarman.
Sado bermasang hamon,
Uyga qaytib ketarman.
Derazamdan mo'ralab,
Bardoshingni sinayman.
Telba oshiq, yorginam,
Ketishing istamayman.
Bugun katta ko'chadan
O'tolmayman, go'zalim.
Seni ko'rib qolsam men,
So'zlolmayman so'zlarim.
So'zlolmayman so'zlarim.




Bojalar - Boyvachcha
Album Boyvachcha
date de sortie
25-07-2013




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.