Sherali Jo'rayev - Karvon paroles de chanson

paroles de chanson Karvon - Sherali Jo'rayev



Bir zamonlar kishilarning to'ylarini o'tkazib yuradigan,
Dostonlar aytadigan bir baxshi yigit bo'lgan ekan.
O'sha yigit tog'ning u tomoniga o'tib, bir odamning to'yini o'tkazib,
O'z yurtiga qaytib kelayotsa,
Tog'ning bu tomonida cho'ldan kelayotgan bir karvonga
Ko'zi tushibdi. Va karvonboshini to'xtatib, so'ray boshlabdi:
"Bu, tuyalarning ustida qizlar doira chalib, ashula aytishib,
Yigitlar oldinda shirakayf, ot o'ynatib kelishayabdi.
Qayoqqa ketyabsizlar?", debdi.
Shunda karvonboshi yigitga javob qilibdi: "Biz falon qishloqdan,
Falonchining qizini kelin qilib,
Tog'ning u tomoniga olib ketayabmiz".
Shu payt yigit bilibdiki,
O'zi ahdi-paymon qilgan qizni o'sha karvonda kelin qilib olib
Ketishayotgan ekan. Qiz ham tuyaning ustida o'tirib,
Qizlarning orasidan haligi yigit va karvonboshining savol-javobini
Eshitib, yig'lab turganini yigit
Ko'rib qolibdi. Shunda yigit qizga qarab:
"Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor",
Deb turgan ekan.
Karvon ko'rdim: tuyalari bo'zlab kelar,
Nortuyada mening yorim izlab kelar.
Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab kelar.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor.
Karvon yo'li ketgunicha qizg'aldoq zor,
Yig'lamagin, yig'lagandan dunyo bezor.
O'ynab-o'ynab, kulib-kulib ketayvergin,
G'amga o'zim xaridorman, o'zim bozor.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor.
Qorli tog'dan naridadir o'zga diyor,
O'zga yurtda kelin bo'lib qolishing bor.
O'zga yurtda o'z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, o'z yurtingga bo'l intizor.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor.
Men-chi, menga goh g'am to'lar, alam to'lar,
Gohi shodlik, gohida g'am nolam to'lar.
Bu dunyoki, meni ko'nglim yarim etding,
Yarmi bilan kuylasam ham olam to'lar.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor.
Karvon ko'rdim: tuyalari bo'zlab borar, {}
Nortuyada meni yorim izlab borar.
Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab borar.
Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab borar. {}



Writer(s): Sherali Jo'rayev


Sherali Jo'rayev - O'zbegim
Album O'zbegim
date de sortie
19-01-2018




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.