Jaloliddin Ahmadaliyev - Xavotirman текст песни

Текст песни Xavotirman - Jaloliddin Ahmadaliyev



Shodon demang labim kular, dilim vayron
Amal ekan, jasadimdan xavotirman
Jayron kabi jonim uchun hushim hayron
Qabrdagi suhbatimdan xavotirman
Tinim bilmay zulm qilar makkora nafs
Otash sari yetaklaydi hoyu-havas
Savoblarim gunohimga kelgaymi bas?
Kecha-kunduz g'aflatimdan xavotirman
Xavotirman
Qiyomatda savollardan xavotirman
Qiyomatda savollardan xavotirman
Umr shamdek yonib-yonib tugar oxir
Ikki malak yelkam uzra mudom hozir
Neki amal qilgan bo'lsam bari zohir
Menga bo'lar savolimdan xavotirman
Fano ichra intihosin topsa yo'lim
Shabbodatini aytarmikan sarkash dilim?
Borar joyim bo'larmikan sokin, so'lim?
Qabr tomon borarimdan xavotirman
Xavotirman
Qiyomatda savollardan xavotirman
Qiyomatda savollardan xavotirman



Авторы: Jaloliddin Ahmadaliyev


Jaloliddin Ahmadaliyev - Xavotirman
Альбом Xavotirman
дата релиза
22-08-2021




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.