Shohruhxon feat. Nilufar Usmonova - Barchasi Senga текст песни

Текст песни Barchasi Senga - Shohruhxon , Nilufar Usmonova



Barcha shodlik senga bo'lsin,
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.
Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay.
Barcha sog'lik senga bo'lsin,
Barcha bemorlik menga.
Senga bo'lsin barcha husnu,
Menga bo'lsin barcha ishq.
Kori xunxorlik menga-yu,
Mehri poydorlik menga.
Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin ber menga.
Senga bo'lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
Ol o'zing koshonalarni,
Menga qo'y mayxonani.
Barcha xushyorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.
Mayli ostonangda yotsam,
Mayli quvsang tosh otib.
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.
Sen shahanshoxlikni olgin,
Menga qullik bo'lsa bas.
Bor jafokorlik senga-yu,
Bor vafodorlik menga.
Senga bo'lsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun.
Barcha gulshan senga bo'lsin,
Bor tikanzorlik menga.




Shohruhxon feat. Nilufar Usmonova - Duet Taronalar
Альбом Duet Taronalar
дата релиза
27-02-2019



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.