Ulug'bek Rahmatullaev feat. Rayhon - O'qilmagan Kitob текст песни

Текст песни O'qilmagan Kitob - Ulug'bek Rahmatullaev , Rayhon



Bag'ishladim hayotimni
Izhor aylab his-tuyg'ularimni,
Yengolmadim sog'inchimni,
Yig'a olmadim men xayolimni.
Unga borimni bergandim,
Evaziga nimalar olgandim?
Ketganda bilmagandim,
Aybimni negadir topmagandim.
Sevgilimdan men
Azoblar ko'rdim,
Nega yolg'izman?
Nega? Nega?
O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin,
Aytilmagan qo'shiqdek,
Sevging abadiy qolib yashaydi
O'z hislaringni yashira olsang.
O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin,
Aytilmagan qo'shiqdek,
Ko'ngil qulfini qiynalib ochsin,
Mashaqqat bilan senga erishsin.
U izladi baxt o'zgadan,
Axir sevgim baxshida etganman.
Nelar kerak yana unga?
Kunlarim aylanib borar tunga.
Boru yo'gim hadya etdim,
Netay uni shunchalik men sevdim?
Voz kechganda yosh to'kkandim,
Sevgim uzra afsuslar chekkandim.
Sevgilimdan men
Azoblar ko'rdim,
Nega yolg'izman?
Nega? Nega?
O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin,
Aytilmagan qo'shiqdek,
Sevging abadiy qolib yashaydi
O'z hislaringni yashira olsang.
O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin,
Aytilmagan qo'shiqdek,
Ko'ngil qulfini qiynalib ochsin,
Mashaqqat bilan...
Endi anglaganday bo'ldim
Xatoim asli nimada.
Xatoing sevgingni
Unga oshkor etganda!
Nahot sevgim so'nadi
Yolg'on girdobida qolganda?
So'nadi agar ozor bersa
Ishonganing!
O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin,
Aytilmagan qo'shiqdek,
Sevging abadiy qolib yashaydi
O'z hislaringni yashira olsang.
O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin,
Aytilmagan qo'shiqdek,
Ko'ngil qulfini qiynalib ochsin,
Mashaqqat bilan senga erishsin.
Izhor aylab his-tuyg'ularimni...
Yig'a olmadim men xayolimni...




Ulug'bek Rahmatullaev feat. Rayhon - Omadim Kelmadi
Альбом Omadim Kelmadi
дата релиза
02-08-2013



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.