Ulug'bek Rahmatullaev - Ey Yurak текст песни

Текст песни Ey Yurak - Ulug'bek Rahmatullaev




Ey yurak, ko'p hovliqma,
Bas, ko'ngin taqdir farmoniga.
Aslo yurak qilma havas,
Qasd qilguvchi o'z joniga.
Ey yurak, yig'lama yetar,
Bu alamlar bir kun bitar.
Mayliga yor ketsa ketar,
Begona yorning yoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o'yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o'yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor.
Ko'zlarim yosh qildi xira,
Ko'zlarim ishq qildi xira.
Arzimas bevafo sira
Bo'lmoqqa dil armoniga.
Ey yurak, buncha o'ynama,
Bu jafokorni o'ylama.
Intilma endi, bo'ylama,
Bezalgan yor ayvoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o'yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o'yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor.
Ey yurak




Ulug'bek Rahmatullaev - Xit Taronalar
Альбом Xit Taronalar
дата релиза
13-02-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.
//}