Dilnoz - Musofirgina Onam текст песни

Текст песни Musofirgina Onam - Dilnoz



Olisdagi yagonam
Mushtiparim-jon onam
Omonmisiz? Sog'misiz?
Siz baxtimga bormisiz?
Siz baxtimga bormisiz?
Özingizga yetmasdek
Mening dardim ham ustak
Yana yurak qilib qon
Chidaysizmi onajon?!
Chidaysizmi onajon?!
Bugun oy chiqdi horg'in
Onajonim sog'indim
Oymomo aytgin rostin
Uni körasan doim
Omonmi chiroyligim?
Bugun oy chiqdi horg'in
Onajonim sog'indim
Oymomo aytgin rostin
Uni körasan doim
Omonmi chiroyligim?
Bugun o-o-oy...
Bir kun kelib özim ham
Deyman: "Baxtli onaman!"
Yöq chidolmam unda man
Yiroqda bölsa bolam
Yiroqda yursa bolam
Bir kulsam-u bir yig'lab
Yolg'izlikdan quvonmam
Tushunmasa bir olam
Siz baxtimga bormisiz?!
Jon onajonim sog'misiz?!
Yiroqda tanhoginam
Musofirim jon onam
Qanday chiday sog'insam
Siz baxtimga bormisiz?!
Jon onajonim sog'misiz?!
Bugun oy chiqdi horg'in
Onajonim sog'indim
Oymomo aytgin rostin
Uni körasan doim
Omonmi chiroyligim?
Bugun o-o-oy...




Dilnoz - Musofirgina Onam
Альбом Musofirgina Onam
дата релиза
15-03-2018




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.