Manzura - Tasodif E'mas Lyrics

Lyrics Tasodif E'mas - Manzura



Asir etib, meni tutqun etib,
Qiynaydi sevgi hijroni.
Ayriliqdan o′tib va manzilga yetib,
Uchrataman seni, jonim.
Maxfiy nigohlar, so'zlashadi qalblar,
Tillarimiz esa ojiz.
Dunyo to′xtab qolar, tinadi sadolar,
Qolamiz faqat ikkimiz.
Yonimdan hech ketmasang bas,
Bir zumga seni yo'qotgim kelmas.
Tasodif emas uchrashuvimiz,
Samoda yonar baxt yulduzimiz,
Taqdirim sensan, menman taqdiring,
Ertaging menman, menman ertaging.
Tasodif emas...
Tuyg'ular cheksiz, bilmas chegara,
Hech narsa emas to′siq.
Ko′zlarimga sen bir bora qara,
Armonda qolsin ayriliq.
Yonimdan hech ketmasang bas,
Bir zumga seni yo'qotgim kelmas.
Tasodif emas uchrashuvimiz,
Samoda yonar baxt yulduzimiz,
Taqdirim sensan, menman taqdiring,
Ertaging menman, menman ertaging.
Tasodif emas...



Writer(s): bobur umarov


Manzura - Majnun va Layli
Album Majnun va Layli
date of release
26-08-2013




Attention! Feel free to leave feedback.