Radius 21 - Dubay Lyrics

Lyrics Dubay - Radius 21



Moviy dengiz sohilida otel
Yonimda mallasoch madmuazel
Jazirama yoz fasli iyul
Qo'llarida bir dona atirgul
Tungi kafe va jonli musiqa
Har bir xazil, har bir daqiqa
Yodimda har bir so'z, har bir nigoh
Biz sen bilan tanishgan oromgoh
Bor-yo'gi o'n ikki kun atiga
Bundan ortiq bo'lolmasmiz birga
Sevgim armon endi bir umrga
Qarab to'ymadim moviy ko'zlaringga
Dubay, dubay, dubay, dubay
Ko'rishmasak mayli, jonim, goodbye!
Только смотри, mani sevgim не забывай!
Dubay, dubay, dubay, dubay
Ko'rishmasak mayli, jonim, goodbye!
Только смотри, mani sevgim не забывай!
Sevgim gunoh, jonim meni kechir
O'ksinmagin, bir narsa de, gapir
Axir bola-chaqam bor, kutar xotinim
Ota-onam, kutmoqda vatanim
O'tinaman go'zalim iltimos
Xat yozsang faqat ishxonamga yoz
Maktublaringdagi atirlaring
Menga eslatsin moviy ko'zlaring
Iliq shamol va labingdagi bol
Sen tomon olib ketadi xayol
O'z-o'zimga beraman bir savol:
"Ko'risharmikanmiz ehtimol?"
Dubay, dubay, dubay, dubay
Ko'rishmasak mayli, jonim, goodbye!
Только смотри, mani sevgim не забывай!
Dubay, dubay, dubay, dubay
Ko'rishmasak mayli, jonim, goodbye!
Только смотри, mani sevgim не забывай!
Dubay, dubay, dubay, dubay
Ko'rishmasak mayli, jonim, goodbye!
Только смотри, mani sevgim не забывай!
Dubay, dubay, dubay, dubay
Ko'rishmasak mayli, jonim, goodbye!
Только смотри, mani sevgim не забывай!



Writer(s): Shahzod Gulomov


Radius 21 - Xotira
Album Xotira
date of release
26-03-2019




Attention! Feel free to leave feedback.