Shaxriyor feat. Zarina Nizomiddinova - Kerakmas Lyrics

Lyrics Kerakmas - Shaxriyor feat. Zarina Nizomiddinova



Shaxriyor]
Qara, yurak-bag'rim bo'lib ketdi pora-pora,
Bir seni deb ovora, yolg'izlanganim bechora.
Ortingga qayt deding, do'stmizku, ayt deding,
Sevgiga balo bormi, jonginam, shu payt deding.
Jonginam deb turib, bizni faqat do'st deysan,
Axir sevib bo'lganman, bilib turib, bilmaysan.
Nega men bir telba misoli sarsonman,
Yo xonavayronman? Tushunolmay hayronman.
Nahotki shuncha paytlar meni faqat do'st bilding,
Ko'r qilding, zor qilding, yuragimni xor qilding.
Ayt nega bunday, qilmishlaringni tushunolmadim,
O'ylab topolmadim, sababini anglolmadim.
To'xta, shoshma bir payt, menga javobing ayt,
Nahot bularning bari sen uchun oddiy holat?
Tun-u kunlar birga bo'lgan damlarni unutdingmi?
Sevgimizni sotdingmi yo afzalrog'ini topdingmi?
Kerakmas orzular, (birga o'tkazgan bedorli tunlar)
Sensiz bu tuyg'ular. (sog'inib yurak seni deb urar)
Qanday voz kechasan (aha) keragingda, (ayt, ayt)
Ayni shu payt ketma.
Kerakmas orzular, (tinchimas yurak, bir seni so'rar)
Sensiz bu manzillar. (o'zgardi ular, har taraf yo'llar)
Nega ayt voz kechding (ah) mendan endi (ayt, ayt)
Senga ko'nikkan edim. (aha)
Atrofim zim-ziyo, qalbimga tekkan o'q,
Seni deb bu ahvolga tushdim, senga farqi yo'q.
Ertaklarga aylangan, hayotim misli kino,
San unda bosh roldasan, mani unda keragim yo'q.
Bilganimda edi sevgi azobini,
Seni sevmas edim, iloji yo'q buni.
Qalbimni tushunolmay yashamoqdaman hamon,
Go'yo mavjudmasman, yashashim dargumon.
Hech bo'lmasa bir bor shu kunni eslaysanmi?
Unutilmas kun deb, tunlari yig'laysanmi?
Tun-u kun seni o'ylab behudaga yondimmi?
San afzalrog'ini topib, man do'st bo'lib qoldimmi?
Nega bevafo sevgim qalbimni tig'laydi?
Ko'zlarim kulib turib, yuragim yig'laydi.
Mayli, man oddiy bola, san uchun ular zo'r,
Manchalik seva oladimi, bir bora o'ylab ko'r.
Kerakmas orzular, (birga o'tkazgan bedorli tunlar)
Sensiz bu tuyg'ular. (sog'inib yurak seni deb urar)
Qanday voz kechasan (aha) keragingda, (ayt, ayt)
Ayni shu payt ketma.
Kerakmas orzular, (tinchimas yurak, bir seni so'rar)
Sensiz bu manzillar. (o'zgardi ular, har taraf yo'llar)
Nega ayt voz kechding (ah) mendan endi (ayt, ayt)
Senga ko'nikkan edim.
Ko'zlarim ko'r bo'lsa, ko'zlaring ko'rmas edim,
Balki xotiramdan ayrishsa, seni o'ylamas edim.
Sen bilan o'tgan kunlar unutilganga o'xshaydi,
Ammo sendan qolgan dard abadiy yashaydi.
Ushbu qo'shiq matni uchun Bayram
O'serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.




Shaxriyor feat. Zarina Nizomiddinova - Kerakmas (feat. Zarina Nizomiddinova)
Album Kerakmas (feat. Zarina Nizomiddinova)
date of release
29-06-2018



Attention! Feel free to leave feedback.