Shaxriyor - Ayt Qachon Lyrics

Lyrics Ayt Qachon - Shaxriyor



Seni sevdim jonim sevdim betakror
Sen qalbim ardog‘i gul yuzli nigor
O‘tdi yozu qishlar, o‘tmoqda bahor
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor
Naqorot
O‘tdi yozu qishlar, o‘tmoqda bahor
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor
Ishonasan sevgi dostonlariga
Bahorning qizg‘aldoq alvonlariga
Hatto munajjimning yolg‘onlariga
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor.
Senga ko‘kdan oyni uzmagan edim
Yulduzlardan marjon tikmagan edim
Hech kimni senchalik sevmagan edim
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor.
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor.
Ishonasan yor menga...
Sensiz kunduzlarim kunga o‘xshamas,
Uyqusiz kechalar tunga o‘xshamas.
Hech qaysi yaxshilar senga o‘xshamas
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor
Dunyo yaxshilari senga o‘xshamas
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor.
Ishonasan yor menga...




Shaxriyor - Ayt Qachon
Album Ayt Qachon
date of release
02-11-2018




Attention! Feel free to leave feedback.