Shaxriyor - Gunohimni Ayting Lyrics

Lyrics Gunohimni Ayting - Shaxriyor



Gunohimni ayting, mayli so'ngi so'z
Ko'ngilga otilgan bitta o'q bo'lsin
Bir bora tik boqing o'kinch to'la ko'z
So'nib borayotgan so'ngi cho'g' bo'lsin
Daqiqalar o'tib ikki tomonga
Ko'tarib ketamiz zildek armonni
Sevgini ishondik rashkka yolg'onga
Muhabbat kechirmas bizdek nodonni
Daqiqalar o'tib ikki tomonga
Ko'tarib ketamiz zildek armonni
Sevgini ishondik rashkka yolg'onga
Muhabbat kechirmas bizdek nodonni
Muhabbat kechirmas bizdek nodonni
Yolg'iz oyoq yo'llar ro'baro' kelish
Balki bizlarga hech nasib etmagay
Endi yo'q diydordan kundayin kulish
Biz kabi hech kimsa o'ksib o'tmagay
Gunohimni ayting, mayli so'ngi so'z
Ko'ngilga otilgan bitta o'q bo'lsin
Bir bora tik boqing o'kinch to'la ko'z
So'nib borayotgan so'ngi cho'g' bo'lsin
Yig'lamang ko'z yoshi bo'lolmasman ham
Men ko'zdan quvonchim sindirib oldim
Sizni bilmadimu oh endi, erkam
Dunyodan ketguncha bir o'zm qoldim
Daqiqalar o'tib ikki tomonga
Ko'tarib ketamiz zildek armonni
Sevgini ishondik rashkka yolg'onga
Muhabbat kechirmas bizdek nodonni
Muhabbat kechirmas bizdek nodonni



Writer(s): shaxriyor


Shaxriyor - Gunohimni Ayting
Album Gunohimni Ayting
date of release
24-06-2019




Attention! Feel free to leave feedback.