Shohruhxon - Shaydo Lyrics

Lyrics Shaydo - Shohruhxon



Yana ko'z uyida ma'vo qilib sen
Ko'ngil koshonasida jo qilib sen
Yana ko'z uyida ma'vo qilib sen
Ko'ngil koshonasida jo qilib sen
Yana savzoyi zulfingdin, nigoro
Meni oshuftag'u-shaydo qilib sen
Meni shaydo qilib sen, shaydo qilib sen
Ko'zimni yoshini daryo qilib sen
Shaydo qilib sen, shaydo qilib sen
Ko'zimni yoshini daryo qilib sen
G'aming yo'q jon agar bersam g'amingda
O'zingni bunchalar beparvo qilib sen?
Qoshingdan meni o'qdek tashlar uchun
Yangi oydek qoshingni yo qilib sen
Meni shaydo qilib sen, shaydo qilib sen
Ko'zimni yoshini daryo qilib sen
Shaydo qilib sen, shaydo qilib sen
Ko'zimni yoshini daryo qilib sen



Writer(s): jasur badalbayev, shohruhxon


Shohruhxon - Shaydo
Album Shaydo
date of release
14-11-2016

1 Shaydo




Attention! Feel free to leave feedback.