Shoxrux - Hato Lyrics

Lyrics Hato - Shoxrux



Madorim yo′q shu bugunda bor-u yo'g′im mana shu yuragimda абсолютный бардак, вот так
Kechagina berilgan bu va'dalaring gapirildi просто так, unutildi darrov
Yana nima dema, har gal bitta gapingga ishonib yashadim-ku man ahmoq! Sani gaping mana bundoq:
"Keling endi iltimos, mani kechiring, endi yaxshi yashaylik" (Yo'q!)
Qani endi shu gaplaringda agarda bo′lganida ayni haqiqat
O′zing yanada o'ylab ko′rgin ming bora, bo'larmidi shu darajada xunuk o′rtamizdagi bu oqibat (Kimda kasofat?)
Qani o'sha sevgi-muhabbat, qani nafosat? Bir birimizga nisbatan dillarimizda yashaydi endida faqatgina nafrat
Bo′ldi yetar ortig'ini gapirmadim, qisqasini aytganda, jonim, sanga ming rahmat!
Zaboni shirin, ammo, go'zal visol bevafo
Dillar gado holatlar mahzun, beparvo
Ko′zlarda yo′qoldi ma'no! Yo′q ma'no!
Yo′q ma'no!
Xonam uzra, ozor-u jonim mani, sig′mayapman axir o'zimga, xonada man
Yanada holati pora, huzur-u osmon-u dilim
Yaxshi yuribsanmi ishqilib, azizim nadomat-u dardni solib qalbimga
Qani endi sani o'shanda uchratnaganimda hozirda hamma narsa bo′larmidi o′zgacha?
Yana xudo biladi, balki bo'lardi battar, bu dunyoning hamma yo′llarida to'la xavf-xatar
Mayli, iltimos, mani bitta narsaga ishontirgin!
Manga vafodormisan, degan savolimga faqatda rost javob ber!
O′zim ham bilardim Peshonangda ter!
Gapir endi, mani qaysi kamchiligim uchun qilding hamma tomonlama yer? (Rrr)
Hamma xatolaringni kechirar edim-ku ammo bunisini kechirmasman zinhor!
Zaboni shirin, ammo, go'zal visol bevafo
Dillar gado holatlar mahzun, beparvo
Ko′zlarda yo'qoldi ma'no! Yo′q ma′no!
Yo'q ma′no!
Dir-bidir-bidir, hali ham hozir
Nima? Kamchiliging bormi?
Xiyonat qilishdan oldin, Xudo bergan kallani ishlatish kerakmasmidi?
Asabimga tegma! Hozir san bilan gaplashgani, bilsang, umuman holim yo'q
Yuragimda o′q, man endi telbaman!
Butun borlig'imni, yana hamma narsalarimni, nomimni unutganman
Sani esa qalbimdan o′chirib tashlaganman
Ket yo'qol endi, ko'zimga korinma!
Bilaman san zo′rsan, e man kimman?! Bilmadim qadrimni
Telefoningdagi xatlaringni o′qiganimda ado bo'ldim, voy dod!
Bilasanmi shuni? Ularni kimga yozding?
Maqsadingga yetishdingmi? Oxir-oqibatda bir narsani tushunish ham qiyin bo′ldi
Qolmadi ma'no...
Nima bu? Qasdmi yo xato?!
Qasdmi yo xato?
(Yo′q ma'no!)



Writer(s): bobur umarov


Shoxrux - Abadiya
Album Abadiya
date of release
11-01-2009




Attention! Feel free to leave feedback.