Shoxruz (Abadiya) - Qaytmagin Lyrics

Lyrics Qaytmagin - Shoxruz (Abadiya)



Unut, deya ketding, qoldim bir o'zim,
Sensiz yaxshi deding, kuydim o'zimga o'zim.
Qaytmagin, hali beri unutganim yo'q seni,
Qaytmagin, hali beri xasta yuragim meni.
Nimadir bo'ldi, o'zgarib ketding,
Va'dalaringni esla, manga aytgan eding.
Axir sevar eding, sog'inar eding,
Yolg'onmidi aytgin, qizg'onganlaring?
Kerakmas bo'ldimu sani sevgan yurak?
Manimcha ancha bo'ldi, unutgan bo'lsang kerak.
Nahot, endi gulim, ortiq sevmaysan,
Oldingidek tongdan qo'ng'iroq qilmaysan.
Oldinlari o'zing yig'lab aytar eding:
Rozi bo'lishmasa-chi uydagilaring?
Tonggacha uxlamay dardlashar edik,
Hatto go'shakni qo'ymay uxlab qolar edik.
Bularning hammasi bugun yuragimni
Parcha-parchaladi, sen bilmaysan buni.
Davolar izladim, ammo topolmadim,
Sani deb qiynaldim, lek unutolmadim.
Ketsang gar, kelmagin, unutishga yordam berib,
Kelmagin, qaytmagin, o'zga bog'da ifor sochib.
Gullagin, eslagin, unutolmayapti deya qaytmagin,
Sani deb qiynaldim, lek unutolmadim.
Jonim, san kulgin, albatta baxtli bo'lgin,
Lek bu dunyo hisobli, shuni unutmagin.
Bu qaytar dunyo, lek ravo ko'rmayman,
Allohimdan sanga yaxshiliklar so'rayman.
Bilgin, sani jonim, unutmasman hech qachon,
Yuragimda asrayman, unga to'lsa ham qon.
San esa unut mani, go'zalim, bemalol,
Soxta yo'qlashing bilan bermagin ozor.
Bu dunyoda ko'pdir bilsang, vafoli go'zallar,
Biri termular yo'limga, boshqasi go'zalroq.
Men esa sani tanladim, baxtli qilishni xohladim,
To'g'ri man, to'g'ri san, kim nohaq tushunolmadim.
Afsuski, endi yuragimga sig'mas boshqalar,
Mubtalo qilib ketding, yetmay turuvdi dardlar.
Aytgin, qanday unutay bu qora ko'zlaring?
Mani shu holga solgan dardumonim o'zing.
Ketsang gar, kelmagin, unutishga yordam berib,
Kelmagin, qaytmagin, o'zga bog'da ifor sochib.
Gullagin, eslagin, unutolmayapti deya qaytmagin,
Sani deb qiynaldim, lek unutolmadim.



Writer(s): Shoxruz (abadiya)


Shoxruz (Abadiya) - Qaytmagin
Album Qaytmagin
date of release
02-05-2020




Attention! Feel free to leave feedback.