Tohir Sodiqov - Sevaman Jonim Lyrics

Lyrics Sevaman Jonim - Tohir Sodiqov



Necha bor sevmayman deb men o′zimga,
Shuncha bor adashdim boqib ko'zingga.
Yana sen, yana sening vasling aqlu-xayolimda,
Sen o′chmas yagona mavzuyimsan umrimda.
Shoirlikda yo'qdir ma'no, aniqdir yozganlarim,
Oddiyroqdir qo′shig′im ham, balki yoqmaydi.
Tasvirlashga so'zim yo′q, baholashga o'rin yo′q,
Orzu qilsam umid yo'q, o′zgarmasin hech narsa.
Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman.
Yodimda so'nggi qilgan xatolarim,
Sevgi yo'q, ishonmanglar deganlarim.
Endi-chi, tanirmi bu ahvolda meni do′stlarim?
Tushunar yoki kularmikinlar, bilmadim.
Go′yoki zanjirband qalbim endi sening mehringga,
Ko'rinmas kishanlar solgan ajib sehringga.
Ta′riflashga o'rin yo′q, baholashgachi sovrin yo'q,
Bundan o′zga chora yo'q, o'zgarmasin hech narsa.
Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman.
Nahot menmas, kimdir o′zga
Asalim deb, seni erkalasa?
Alamdaman, sen befarqsan,
Kim bilansan?
Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman.



Writer(s): Tohir Sodiqov


Tohir Sodiqov - Taqdir Shu Ekan
Album Taqdir Shu Ekan
date of release
08-06-2019




Attention! Feel free to leave feedback.