Ulug'bek Rahmatullayev - O'g'lim Lyrics

Lyrics O'g'lim - Ulug'bek Rahmatullayev



Erkatoyim, jon o'g'lim,
Ko'zlaringni yum, o'g'lim,
Senga tilayman yana
Bir hayrli tun, o'g'lim.
Orzulari osmon bo'l,
Sen Rustamu doston bo'l,
Kim bo'lsang ham, unutma:
Eng avvalo inson bo'l!
Bo'ldi endi jim, o'g'lim,
Ko'zlaringni yum, o'g'lim,
Senga tilayman yana
Bir hayrli tun, o'g'lim.
Sen sevib tinglaydigan
Ertaklarni aytaman,
Ko'zlaringga termulib,
Yoshligimga qaytaman.
Erkatoyim, jon o'g'lim,
Ko'zlaringni yum, o'g'lim,
Senga tilayman yana
Bir hayrli tun, o'g'lim.
Boshing silab, bir zumda
Tarqab ketar charchog'im.
O'zimning erkatoyim,
O'zimning ovunchog'im.
Ko'zingni och, tur o'g'lim,
Yurt kezamiz yur, o'g'lim.
Senga tilayman yana
Bir hayrli kun, o'g'lim.




Ulug'bek Rahmatullayev - Qirmizi Olma
Album Qirmizi Olma
date of release
07-03-2017




Attention! Feel free to leave feedback.