Ulug'bek Rahmatullayev - Qizalog'im Lyrics

Lyrics Qizalog'im - Ulug'bek Rahmatullayev



Erkatoyim, shirin, jon qizim,
Senga boqsam, quvnar ko'zlarim.
Qalbi nurli beg'uborginam,
Meni o'ylar mehribonginam.
Sevinchlarga to'lar yuragim,
Dadajonim desang, oy qizim.
Bo'ylaringdan o'zim aylanay,
Dunyo g'amlarini unutay.
Esingdami o'sha damlar, qizim?
Tunlari senga ertak aytardim.
O'tib ketar ekan tez bu yillar,
Ushalar ertakdagi orzular.
Erkatoyim, shirin, jon qizim,
Har qadamda seni o'yladim.
Termulib qolarding yo'limga,
Yomg'ir tomchilardi ko'nglimga.
Bag'rimdagi bahoriy gulim,
Tongda seni uyg'otib o'zim,
Derdim: qara, mayin qor yog'ar,
Tun o'tar, ertak davom etar.
Esingdami o'sha damlar, qizim?
Tunlari senga ertak aytardim.
O'tib ketar ekan tez bu yillar,
Ushalar ertakdagi orzular.




Ulug'bek Rahmatullayev - Yonimda
Album Yonimda
date of release
09-11-2017




Attention! Feel free to leave feedback.