Yulduz Usmonova - Achom-Achom Lyrics

Lyrics Achom-Achom - Yulduz Usmonova



Do'stmisiz yo g'animmisiz?
To'kinim yo kamimmisiz?
O'chmay o'chgan shamimmisiz?
Kimligingiz bilolmadim.
Otash bo'lsam, jim turasiz,
Ko'z yosh to'ksam, nim kulasiz.
Qanday baloni bilasiz?
Kimligingiz bilolmadim.
Qo'l uzatsam, band qo'lingiz,
Sog' turib dardman qo'lingiz.
Yo asli kaman qo'lingiz,
Kimligingiz bilolmadim.
Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o'pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz.
Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o'pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz.
Tulkimiz, arslonmisiz?
Maymunmisiz, insonmisiz?
Yo qasdi balo jonmisiz?
Kimligingiz bilolmadim.
Men-ku bir gunohkori jon,
Dunyo savdosiga hayron.
Qo'ynimda ohumi, ilon?
Kimligingiz bilolmadim.
Yelsam, yugursam-da jimsiz,
Nurab yiqilsam-da jimsiz,
Tanho to'kilsam-da jimsiz,
Kimligingiz bilolmadim.
Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o'pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz.
Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o'pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz.
Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o'pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz.
Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o'pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz.
Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o'pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz.
Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o'pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz.




Yulduz Usmonova - Buncha Go'zal Bu Xayot
Album Buncha Go'zal Bu Xayot
date of release
18-10-2017




Attention! Feel free to leave feedback.