Ziyoda - Hali-Hali Lyrics

Lyrics Hali-Hali - Ziyoda



Bu yurak halovati yo'q xastami
Bu yurak yongudek, hali ham payvastami?
Bu yurak, u bir yonda xastami
Bu yurak haligidek hamon havasdami?
Kun va tunlar almashadi asta
Sen nechundir hali ham mendan-da arazda
Tun bag'rida sog'inchlardan bedor
Meni kutib, dard yutib, ado bo'lding, ado
Ey yorim, bil, sen uchun
Har kunu har tun, har kunu har tun, hali-hali bor
Bu dil yonar sen uchun
Har lahza, har zum, har lahza, har zum hali-hali
(Hali-hali... har zum... har tun... hali...
Hali-hali... har zum... har kun... hali-hali bor.)
Bu sevgi, shuncha sinov shartmidi
Bu sevgi yongudek, ishq azobi dardmidi?
Bu sevgi, shuncha sinov shartmidi
Bu sevgi haligidek, hijron dog'i dardmidi?
Kundan-kunga yuragim shikasta
Xafa qilar yorim-ey, ayb kimda bilmasdan
Uchrashuvga chiqar edim, ammo
Oliy hakam vaqtim kam, bu juda muammo
(Hali-hali... hali-hali...
Ey yorim, ey yorim...)
Ey yorim, bil, sen uchun
Har kunu har tun, har kunu har tun, hali-hali bor
Bu dil yonar sen uchun
Har lahza, har zum, har lahza, har zum hali-hali
Ey yorim... har zum... har zum... har tun... hali-hali bor...
Har zum... har zum... har tun... hali-hali bor...



Writer(s): ziyoda kabilova, ziyoda kabilov


Ziyoda - Sevadi Yorim
Album Sevadi Yorim
date of release
01-07-2014




Attention! Feel free to leave feedback.