Benom guruhi - Sensiz paroles de chanson

paroles de chanson Sensiz - Benom guruhi



Bugun men yana keldim, senga uzoqdan termulib turibman
Yoningga borgim kelyapti, yana o'sha baxtli damlarimizga qaytgim kelyapti
Afsus, bunga endi men xaqsizman, chunki endi biz - begonamiz!
Shoshilib-shoshilib yurak sening tomon g'ururimni sindirdi butkul
Sog'inib-sog'inib sen ham meni bir bor yana yonimga qaytsang bir kun
Qaniydi qora ko'zlaringga yana takror to'yib-to'yib qarolsam tinmay
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning yana yoningga qaytsam bir kun
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning yana yoningga qaytsam bir kun
Qorong'u yolg'iz, dunyo tor sensiz
Yashash osonmas, ishon osonmas
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz?
Yuragim ko'nmas, yurak ishonmas
Ojizman, seni unutish qo'limdan kelmadi
Ko'p urindim, negadir hamma urunishlarim seni sog'inaverish bilan yakunlanaverardi
Bilasanmi hozir qanchalar hoxlayapman seni qaytarishni?
Sen esa balki meni unutib bo'lgandirsan, axir ayrilganimizga yillar bo'ldi
Shu onda senga bir gapni aytgim keladi: "Sensizlik osonmas ekan!"
Ko'milib ko'milib yurak dardga yana qayg'ulardan ovunar tinmay
Umidlari so'ngan sevgidan afsun bo'lib yashayapman armonga ko'nmay
Bilmadim, bu yuraksiz taqdir seni mendan nega uzoqlarga olib ketar
Yaqinda his etgan baxtli kunlar o'rniga xotiralarni solib ketar
Qorong'u yolg'iz, dunyo tor sensiz
Yashash osonmas, ishon osonmas
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz?
Yuragim ko'nmas, yurak ishonmas
Qorong'u yolg'iz, dunyo tor sensiz
Yashash osonmas, ishon osonmas
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz?
Yuragim ko'nmas, yurak ishonmas



Writer(s): Benom Guruhi


Benom guruhi - Bir Muhabbat Qissasi
Album Bir Muhabbat Qissasi
date de sortie
04-08-2017




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.