Gulsanam Mamazoitova - Tun paroles de chanson

paroles de chanson Tun - Gulsanam Mamazoitova



Tun, menga berar azob
Sen quyoshim botmagin
Shu azobda uxlasam
Yolvoray uyg'otmagin
Hamma meni sotganda
Sen ham meni sotmagin
Tun menga berar azob
Sen quyoshim botmagin
Gulga qo'lim uzatsam
Tikonlari sanchildi
Yarim ko'nglim yolg'ondan
Ado bo'ldi yanchildi
Zulmatga qo'yma meni
Ularday sen ham endi
Tun menga berar azob
Sen quyoshim botmagin
Yolg'izdirman dunyoda
Mening sirdoshim yo'qdir
Yorning har yolg'oninga
Chidar bardoshim yo'qdir
Endi mening ko'ksimda
Yonar quyoshim yo'qdir
Tun menga berar azob
Sen quyoshim botmagin
Shu azobda uxlasam
Yolvoray uyg'otmagin
Qaro tunlar qaxrini
Kim ham bilar mendayin
Yolg'on vafo zaxrini
Kim ham bilar mendayin
Sening hech botmasliging
Kim ham tilar mendayin
Tun menga berar azob
Sen quyoshim botmagin




Gulsanam Mamazoitova - Men Sizni Topgunimcha (Live)
Album Men Sizni Topgunimcha (Live)
date de sortie
10-12-2016




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.