Hossam Habib - Regooek paroles de chanson

paroles de chanson Regooek - Hossam Habib



Bog'larni kezgan sabolar aytar,
Sohilidan toshgan daryolar aytar,
Qo'llari duoda bobolar aytar:
Baxtga to'lib yashang bunday Vatanda,
O'ynab-kulib yashang shunday Vatanda.
Lazzati til yorar shakar palagi,
O'rigidan shirin uning danagi,
Bo'ylari mast qilar, oh handalagi,
Baxtga to'lib yashang bunday Vatanda,
O'ynab-kulib yashang shunday Vatanda.
Tinchlik kezgan yer-u osmoni aziz,
Halol mehnat qilgan insoni aziz,
Karvonni boshlagan sarboni aziz,
Baxtga to'lib yashang bunday Vatanda,
O'ynab-kulib yashang shunday Vatanda.
Kel do'stim, qo'llarni qo'lga beraylik,
Bu yurtni ardoqlab, asrab sevaylik,
Ta'rifini kuylab, ta'zim qilaylik,




Hossam Habib - Hossam Habib Collection
Album Hossam Habib Collection
date de sortie
07-11-2018




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.