Manzura & Ali Niyazimbetov - Azizim paroles de chanson

paroles de chanson Azizim - Manzura & Ali Niyazimbetov



Azizim, ko′k ichra hiloling bo'lib,
Kelsang yo′l, kelmasang madoring bo'lib,
Xayol ichra topgan haloling bo'lib,
Bir yorug′ o′ylardan seni tiladim.
Azizim, eng shirin xayoling bo'lib,
Vaslingga talpingan ozoring bo′lib,
Yor bo'lib bir senga, ham zoring bo′lib,
Bir og'riq o′ylardan seni tiladim.
Sevgilim, sog'ingan timsoling bo'lib,
Tushlaringdan so′rgan savoling bo′lib,
Aldasang-avrasang, uvoling bo'lib,
Ishonib seni bir baxtdan so′radim.
Sevgilim, sog'ingan timsoling bo′lib,
Tushlaringdan so'rgan savoling bo′lib,
Aldasang-avrasang, uvoling bo'lib,
Ishonib seni bir baxtdan so'radim.
Azizim, tilagim tillolar bo′ldi,
Nigohing, nigohing olovlar bo′ldi,
Ishq degan boshimga balolar bo'ldi,
Anbari bo′ylardan seni tiladim.
Azizim, shoh edim, gadolar bo'ldim,
Jon edim, joningga fidolar bo′ldim,
Sen menga boqmasang, adolar bo'ldim,
Bir hazin kuylardan seni tiladim.
Sevgilim, sog′ingan timsoling bo'lib,
Tushlaringdan so'rgan savoling bo′lib,
Aldasang-avrasang, uvoling bo′lib,
Ishonib seni bir baxtdan so'radim.
Sevgilim, sog′ingan timsoling bo'lib,
Tushlaringdan so′rgan savoling bo'lib,
Aldasang-avrasang, uvoling bo′lib,
Ishonib seni bir baxtdan so'radim
Sevgilim, sog'ingan timsoling bo′lib,
Tushlaringdan so′rgan savoling bo'lib,
Aldasang-avrasang, uvoling bo′lib,
Ishonib seni bir baxtdan so'radim
Sevgilim, sog′ingan timsoling bo'lib,
Tushlaringdan so′rgan savoling bo'lib,
Aldasang-avrasang, uvoling bo'lib,
Ishonib seni bir baxtdan so′radim



Writer(s): Ali Niyazimbetov


Manzura & Ali Niyazimbetov - Ber Darak
Album Ber Darak
date de sortie
11-09-2013



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.