Radius 21 - Noraso paroles de chanson

paroles de chanson Noraso - Radius 21



Bu baxt emas, bu-bu qora hayot!
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q!
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot!
Bu baxt emas, qayt!
O'rgimchak to'ri bu degani qora dori
Zo'r ekan uning xumori, ko'rinmaydi ona zori
Bari yigitlarning zo'ri qora dori xaridori
Kechagina mard bola bugun shunchaki bezori
"Man, man", degan edi "zo'rman"
"Bugun endi kimman?" degan savol ko'ndalang!
Ahvolini qarang: ko'zidagi nur qani?
To'kilib boradi bola, yonidagi pul qani?
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot!
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q!
Oq-qora rang hayotni qarang
Arang nafas oladi, unga kim havas qiladi?
Hamma umid so'ndi, so'ndi oxirgi tilak
Xiyla kuchsiz bilak, chirigan yurak
Chalajon bechora!
Nafrat yog'iladi birma-bir
Unutilib ketadi kechagi kun, bosadi qora tun
Azobi cheksiz, tengsiz g'aflatda
Noraso albatta
Keragi yo'q!
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot!
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q!
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot!
Bu baxt emas, ketmagin past!
O'rgimchak to'ri bu degani qora dori
Zo'r ekan uning xumori, ko'rinmaydi ona zori
Bari yigitlarning zo'ri qora dori xaridori
Hayotining boru-yo'g'i kayf-safo
O'zicha bilmay ilinadi
Tanasi ila barisi balo mubtalo, adoyi tamom
Qorayib ketadi olam, bema'no, behayo
Batamom bo'ladi tamom bora-bora...
Bu bola arosat orasida noraso
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot!
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q!




Radius 21 - Xotira
Album Xotira
date de sortie
26-03-2019




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.