Rayhon - Qizaloq paroles de chanson

paroles de chanson Qizaloq - Rayhon



Tun yana, tun yana, kechalar uzun,
Tinmay har zum yiglar, ko'zlari mahzun,
Tuyg'ularda aldangan qizaloq,
Axir bu o'tkinchi firoq.
Ishq, bepoyon sevgi, bepoyon osmon,
Unda har on bo'lar orzu va armon.
Har bir sevgida qayg'u va baxt yashar,
Unda har inson adashar.
Sevgi bu o'yin, sevgi chin tuyg'u,
Sevgi abadiy nur.
Bedor tuyg'ular aro, bedor tunlar,
Bekor sevgidan yonib, bemor dillar.
Qalbing ranjitma, behuda ko'zyosh to'kma.
Bedor tunlarda eslab, bedor yig'lar,
Bekor bu sevgini deb bemor dillar.
Bu tuyg'u o'tar, chin sevgi seni kutar.
Dil bezovta nogoh qo'ng'iroq bo'lsa,
Sen firoqda agarda u bo'lmasa.
Darrov umidsiz o'yga tolasan,
Hayot oldinda, bilmaysan.
Ishq bepoyon, sevgi bepoyon, ishon,
Unda har on yashar orzu va armon.
Qayg'urma, chin sevging uchratasan,
Sen albat baxtli bo'lasan.
Sevgi bu o'yin, sevgi chin tuyg'u,
Sevgi abadiy nur.
Bedor tuyg'ular aro, bedor tunlar,
Bekor sevgidan yonib, bemor dillar.
Qalbing ranjitma, behuda ko'zyosh to'kma.
Bedor tunlarda eslab, bedor yig'lar,
Bekor bu sevgini deb bemor dillar.
Bu tuyg'u o'tar, chin sevgi seni kutar.




Rayhon - Qizaloq
Album Qizaloq
date de sortie
15-07-2015




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.