Sardor Mamadaliyev - Armonlarim paroles de chanson

paroles de chanson Armonlarim - Sardor Mamadaliyev



Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g′amni loyiq ko'rdimikan?
Ketarkansan, hayotimga kelding nega,
Mag′rur tutgan tik boshimni egding nega?
Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan?
Muhabbatdan sochilardi zar uchqunlar,
Yo′llarimni yoritarding qaro tunlar.
Senga cho′llar kerakmidi, issiq qumlar,
Mening bog'im senga kamlik qildimikan?
Ketganingda yurak biram o′rtandi-ya,
Bu jumboqni vaqtga soldim yechar deya.
O'ylamasdim bir kun mendan kechar deya,
Xayollarim xotirjamlik qildimikan?
Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g′amni loyiq ko'rdimikan?
Ayriliqqa jiddiyroq bir sabab bormi?
Firoq bizning ayriliqqa shunchalar zormi?
Fig′onlarim zor yig'latur mungli torni,
Armon bizga yo hakamlik qildimikan?
Olis yo'llar, olis yo′llar, olis makon,
Izlaringni sog′indim yor-qadrdon.
Yarim ko'nglim unutmaydi, bil hech qachon,
Sen eslamay, xotirang pand berdimikan?
Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g′amni loyiq ko'rdimikan?



Writer(s): Sardor Mamadaliyev


Sardor Mamadaliyev - Yigit Nolasi
Album Yigit Nolasi
date de sortie
05-05-2018




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.