Shohruhxon feat. Shahriyor - Bo'rilar paroles de chanson

paroles de chanson Bo'rilar - Shohruhxon , Shahriyor



Hayot, meni yosh deb o'ylama,
Bilaman, ko'rganman
Dardu-g'am, alamu tashvishni.
Ko'rdim baxtsizlik, ochlikni,
Shu ekan mani dardim, mani izhorim.
Nega hayot berildi, bo'lmasa agar,
Hamma bir-biriga tuzoq qo'ysa?
Do'st sotar do'stini, qilmay erkak ishini
Va yo'qotar bor vijdonni.
Kimga keragim bor meni,
Kimni do'st bilay endi?
Sariq chaqasiz cho'ntagim,
Oilam edi bor-yo'g'im.
Qoidalar ko'mar meni qayg'uga,
Kimda mansab, kimda taxtu, yetmoqda orzuga,
Na mehr, na oqibat, yiqilmaslikka harakat,
Yo'qchilik va sitamni tan olmas ular.
Chunki ota karvoniga ishonar shunchalar,
Boylar ham qon yig'lar buni hayot deydilar.
Sirtlonmasmiz, biz bo'ri,
O'z nafsimiz mag'lubi,
O'lja bo'lma, qoch yo'ldan,
Jon shirin bo'lsa, qo'rquvda bo'rilar.
Kimdir yashar beg'ubora,
Kimdir esa sarsona,
Kimdir topar do'stini,
Kimdir yo'qotar uni.
Hayot sinaydi bizni,
Sinar bardoshimizni,
Kimdir baxtga yetadi,
Kimdir orzu qiladi.
Hayot pastu baland ekan,
Har kim ham mard emas ekan,
Ishonmasang o'zingga,
Bir kun sinib ketar ekansan.
Azob ichimda, dard tirnar qalbimni,
Qonli yozilgandir umr daftari,
His qilish qiyin g'urur borini,
Bag'ishladim ushbu so'zlarni.
Hamma mard, chin dovyuraklarga,
Ozodlik uchun kurashgan insonga,
O'z baxtin sotmagan chin donoga,
O'z so'zimga topdim isbot,
Haqlik yo'qotdi ohirgi najot.
Haq o'sha kimda sharaf, kimda boylik,
Bechora mehnatkash esa
Kutar navbat, kutar oylik.
Ammo boyvachchalar changitib ko'chani,
Sarf qilar ota-onasini pulini.
Albatta o'ylamas qatdan kelganini.
Bilgin, hamma narsa o'zgarishi mumkin,
Bugun san shon-shuhratli,
Ertaga esa bo'lma tilamchi.
Sirtlonmasmiz, biz bo'ri,
O'z nafsimiz mag'lubi,
O'lja bo'lma, qoch yo'ldan,
Jon shirin bo'lsa, qo'rquvda bo'rilar.
Kimdir yashar beg'ubora,
Kimdir esa sarsona,
Kimdir topar do'stini,
Kimdir yo'qotar uni.
Hayot sinaydi bizni,
Sinar bardoshimizni,
Kimdir baxtga yetadi,
Kimdir orzu qiladi.
Hayot pastu baland ekan,
Har kim ham mard emas ekan,
Ishonmasang o'zingga,
Bir kun sinib ketar ekansan.
Sirtlonmasmiz, biz bo'ri,
Bo'ri, biz bo'ri,
O'lja bo'lma, qoch yo'ldan,
Jon shirin bo'lsa, qo'rquvda bo'rilar.
Kimdir yashar beg'ubora,
Kimdir esa sarsona,
Kimdir topar do'stini,
Kimdir yo'qotar uni.
Hayot sinaydi bizni,
Sinar bardoshimizni,
Kimdir baxtga yetadi,
Kimdir orzu qiladi.
Hayot pastu baland ekan,
Har kim ham mard emas ekan,
Ishonmasang o'zingga,
Bir kun sinib ketar ekansan.



Writer(s): SERGEEV GEORGE


Shohruhxon feat. Shahriyor - Duet Taronalar
Album Duet Taronalar
date de sortie
27-02-2019



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.