Xamdam Sobirov feat. Ozoda Nursaidova - Sabriya paroles de chanson

paroles de chanson Sabriya - Ozoda Nursaidova , Xamdam Sobirov



Bir kuni omading kelmadi go′yo
Sevganing sendan yuz o'girdi go′yo
Qo'lingdan hech narsa kelmaydi go'yo
Keyinchi keyin
Yomonlar yaxshiga aylandi go′yo
Sen uchun jonini beradi go′yo
U aytsa toshkar ham uchadi go'yo
Keyinchi keyin
To′g'ri yasholmasak
Qushlardek ucholmasak
Sevib sevilolmasak
Yashashdan ne foyda
Baxtli yasholmasak
Qushlardek ucholmasak
Sevib sevilolmasak
Yashashdan ne foyda
Sen uni kechir endi Sabriya
Qalbingdan o′chir endi Sabriya
Pul ekanda odamlarning qadriya qadriya
Qachon tugar muhabbatning jabriya
Qarorim to'sqinlarga
Duch keladi damba dam
O′zingcha mensimaysan
Bular ham sendek odam
Qachon biz o'zgaramiz
Yolg'onlar bor har qadam
Har tarafda, har tomonda,
Har soatda bu alam
Mayli meni sevganimni
Gap-so′z qilib ayirmoqda
Pullar uchun baxtni sotib
Qaysi ishni qayirmoqda
Yomon ishlarimiz hatto
Bizga oddiy tuyilmoqda
Kulma endi zor bo′ldi deb
Boyvachchalar ham qamoqda
Sen uni kechir endi Sabriya
Qalbingdan o'chir endi Sabriya
Pul ekanda odamlarning qadriya qadriya
Qachon tugar muhabbatning jabriya
To′g'ri yasholmasak
Qushlardek ucholmasak
Sevib sevilolmasak
Yashashdan ne foyda
Baxtli yasholmasak
Qushlardek ucholmasak
Sevib sevilolmasak
Yashashdan ne foyda



Writer(s): Xamdam Sobirov


Xamdam Sobirov feat. Ozoda Nursaidova - Sabriya
Album Sabriya
date de sortie
10-08-2021




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.