Xamdam Sobirov - Yigit paroles de chanson

paroles de chanson Yigit - Xamdam Sobirov



Agar yigit yig'lasa
Tog'lar qaddin egarkan
Har yigitning boshida
Har xil sinov bo'larkan
Shafqat bilmas dunyo bu
Kimgadir gul kimga tikan
Umidingni hech so'ndirma
Dard da'vosi sabir ekan
Ey yigit qo'y yig'lama
Qaddingni baland ko'tar
Siqilmagin bu kunlar ham
Bir kuni o'tar ketar
Ey yigit qo'y yig'lama
Boshingni baland ko'tar
Egilmagin bu kunlar ham
Bir kuni o'tar ketar
Ko'ngilda hech halovat yo'q
Omad eshik ochmasa
Davralarda so'z yo'q
Yigitda pul bo'lmasa
Umr shunday savdo ekan
Bir dardkashing bo'lmasa
Bilgin yigit hech kimsan
Agar Xudo bermasa
Ey yigit qo'y yig'lama
Qaddingni baland ko'tar
Siqilmagin bu kunlar ham
Bir kuni o'tar ketar
Ey yigit qo'y yig'lama
Boshingni baland ko'tar
Egilmagin bu kunlar ham
Bir kuni o'tar ketar



Writer(s): Shohjahon Ergashev


Xamdam Sobirov - Yigit
Album Yigit
date de sortie
05-04-2021

1 Yigit




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.