Yulduz Usmonova - Ona paroles de chanson

paroles de chanson Ona - Yulduz Usmonova



Umr nima? Umr aslida
Bir yumaloq tugmacha yo′l,
Tugmadan sal kattaroq
Yo yana bir nimacha yo'l.
Umr nima? Umr aslida
Bir yumaloq tugmacha yo′l,
Tugmadan sal kattaroq
Yo yana bir nimacha yo'l.
Beshigimning oldidan
Qabrim oldigacha yo'l,
Men ketarman bir kuni,
Navolarim, zorim qolur.
Beshigimning oldidan
Qabrim oldigacha yo′l,
Men ketarman bir kuni,
Navolarim, zorim qolur.
Bu uzun hijron yo′lidir,
Bu uzun azob yo'li.
Har sahar kulib chiqib,
Yig′lab botar oftob yo'li.
Kim uchun savob yo′lidir,
Kim uchun gunoh yo'li.
Harnadir, har biriga
Ortimda iqrorim qolur.
Kim uchun gunoh yo′lidir,
Kim uchun savob yo'li.
Harnadir, har biriga
Ortimda iqrorim qolur.
O'zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo′shiqlarim.
Yod bo′lib aytganlarim,
Har dilda mozorim qolur.
O'zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo′shiqlarim.
Yod bo'lib aytganlarim,
Elimda alyorim qolur.
Yaxshilik murodi bor har
Dilga men jonim beray,
Yaxshilarga qo′lda boru
Yo'g′u imkonim beray.
Yaxshilik murodi bor har
Dilga men jonim beray,
Yaxshilarga qo'lda boru
Yo'g′u imkonim beray.
Ko′ngli pok shogirdima
Bulbul bu zabonim beray,
Men ketarman bir kuni,
Zor yig'labon torim qolur.
Ko′ngli pok shogirdima
Bulbul bu zabonim beray,
Men ketarman bir kuni,
Zor yig'labon torim qolur.
Ol, deya bir kun, Egam,
Osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor
Qo′ynini quchsa ruhlarim
Ko'k mening ko′ksim bo'lur,
Yulduzlari anduhlarim.
Gul o'pib, gul yopinib,
Har dilda mozorim qolur.
Ko′k mening ko′ksim bo'lur,
Yulduzlari anduhlarim.
Gul o′pib, gul yopinib,
Har dilda mozorim qolur.
O'zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo′shiqlarim,
Yod bo'lib aytganlarim,
Elimda alyorim qolur.
O′zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo'shiqlarim,
Yod bo'lib aytganlarim,
Elimda alyorim qolur.



Writer(s): Yulduz Usmanova


Yulduz Usmonova - Buncha Go'zal Bu Xayot
Album Buncha Go'zal Bu Xayot
date de sortie
18-10-2017




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.