Ziyoda feat. Xamdam Sobirov - Qora atirgul paroles de chanson

paroles de chanson Qora atirgul - Xamdam Sobirov , Ziyoda



Hayolim joyidamas aqldan ozdim,
To'g'ri yo'l tanlamadim baxtimdan qochdim,
Hiyla-yu, fitnalarga yuragimdan joy berdim,
Nahotki qo'limdagi omadimni boy berdim,
Nimalar yo'qotdim, nimalarni topdim,
Orzularim yo'lini birin ketin yopdim,
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona,
Meni ado qilmasaydi shu kichkina xona.
Qaytadimi hayotimga men yo'qotgan bahorlar,
Aytadimi suyukligim qulog'imga izhorlar,
Kulsam, endi meni yig'latmanglar,
Yerda yursam bas, yashashni menga o'rgatmanglar.
To'rt devor orasidaman, olib ket, olib ket
Qara men jar yoqasidaman, olib ket, olib ket
Endi kimlar qafasidaman, olib ket, olib ket
Olib ket!
Qani endi hammasini oq qog'ozdan boshlasam,
Bu holatda bo'lmasmidim to'g'ri qadam tashlasam,
Kim aslida kimligini hozirgidek bilsaydim,
Ko'zlariga qarab turib yolg'onlarin ko'rsaydim,
Yaqin insonlarimni qadrimni yo'qotmasdim,
Ikki dunyo xiyonatning botqog'iga botmasdim,
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona,
Meni ado qilmasaydi, shu kichkina xona.
Qaytadimi hayotimga men yo'qotgan bahorlar,
Aytadimi suyukligim qulog'imga izhorlar,
Kulsam, endi meni yig'latmanglar,
Yerda yursam bas, yashashni menga o'rgatmanglar.
To'rt devor orasidaman, olib ket, olib ket
Qara men jar yoqasidaman, olib ket, olib ket
Endi kimlar qafasidaman, olib ket, olib ket
Olib ket!
Men bugun yana zulmatda yonaman,
Ucholmayman shu qafasda qolaman,
Azoblarim qanchadan qancha,
Dardlarim anchadan ancha,
Ey hayot qiynama buncha,
Qiynaldim qancha!




Ziyoda feat. Xamdam Sobirov - Qora Atirgul
Album Qora Atirgul
date de sortie
27-07-2020



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.