Ziyoda - Ajab Sirlar paroles de chanson

paroles de chanson Ajab Sirlar - Ziyoda



Ajab sirlar, ajab sirlar...
Ajab sirlar bormish subhi saboda,
Umr avj etarmish oqar daryoda,
Umid yulduzlari porlar samoda,
Men baxtim topgayman qay dilraboda?
Bizni ham sevguvchi bordur dunyoda...
Oshiqlar orzusi o'xshash bo'larmish,
Taqdir bir biriga tutash bo'larmish,
Ko'ngillarda o'chmas otash bo'larmish,
A'lo bo'lar emish ahdu vafoda.
Bizni ham sevguvchi bordur dunyoda...
Inson iqbol uchun, baxt uchun yashar,
Mehrga intilsa, sevsa yarashar,
Bir kun o'tli, shaydo ko'zlar qarashar,
Murodin ko'rarmish o'shal barnoda.
Bizni ham sevguvchi bordur dunyoda...
Ajab sirlar, ajab sirlar...
Ajab sirlar bormish subhi saboda,
Umr avj etarmish oqar daryoda,
Oqar daryoda, oqar daryoda...



Writer(s): Ziyoda


Ziyoda - Assalom
Album Assalom
date de sortie
01-07-2015




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.