Bojalar - Vatanim текст песни

Текст песни Vatanim - Bojalar



Man o'zbek o'g'loniman
G'ayrat oshpaz otamning erka farzandiman
Onamning suyanchiman
Man o'zbek o'g'loniman
Tarixiy millatning avlodi davomiman
Shu elning ixlosiman
O'lkamda davom sayrini etarman
Makonim Samarqand, kulbam Buxoro
Vatanga muqim xizmatda o'tarman
Ey beg'ubor zamin, jonim senga fido
Vatanim baland himmatim
Mag'rur g'ururim, nur makon
Vatanim ulug' savlatim, shamsu qamarim
Bu dunyodagi behishtim
Chetda yursam sog'inaman
Ko'zimning qarosi Toshkentga talpinaman
Ko'ribon tinch topaman
Chetda yursam sog'inaman
O'zbegim zabonining oshiq, shaydosiman
Shu elning fidosiman
O'lkamda davom sayrini etarman
Makonim Shahrisabz, kulbam Andijon
Mamnun hol, erkin parvozda ucharman
Yurtimning boshi bor, adolatli sarbon
Vatanim baland himmatim
Mag'rur g'ururim, nur makon
Vatanim ulug' savlatim, shamsu qamarim
Bu dunyodagi behishtim
Vatanim baland himmatim
Mag'rur g'ururim, nur makon
Vatanim ulug' savlatim, shamsu qamarim
Bu dunyodagi behishtim




Bojalar - Muhabbat
Альбом Muhabbat
дата релиза
29-07-2013




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.