Nilufar Usmonova - Jani текст песни

Текст песни Jani - Nilufar Usmonova



Balo-qazolardan qo'rqmagin, yorim,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
G'am-anduh yuraging ezmasin, jonim,
Seni sevgim, ishqim asraydi.
Dushmanlar zarbidan cho'chima aslo,
Qalbingdagi mehr bizni asraydi.
Axir sen bizlarga ham yor, pahlavon,
Unutma, sendagi g'urur asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni sevgim, ishqim asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni sevgim, ishqim asraydi.
Yolg'izlik dilingni azoblamasin,
Suygan yoring bor seni asraydi.
Ikkimiz keksayib, qarib qolganda
Muhabbat mevasi bizni asraydi.
Bizga bundan ortiq yana ne kerak?
Ishonch qalqon bo'lib, oila asraydi.
Agar baxtimga sog'-omon bo'lsang,
Bir qarab kulishing, so'zing asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni sevgim, ishqim asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni sevgim, ishqim asraydi.
Oylar, yillar o'tibdi-ya, qara bir zumda,
Kunlarim, quvonchim, sevgim, qo'rg'onim.
Senla malikaman, yo'q qirolicha,
Otamdek bu qaynoq bag'ring asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Meni qaynoq bag'ring asraydi




Nilufar Usmonova - Qadrimga Yet
Альбом Qadrimga Yet
дата релиза
08-02-2012




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.