Nilufar Usmonova - Odamlar текст песни

Текст песни Odamlar - Nilufar Usmonova



Odamlar, sizga ne bo'ldi?
Yig'lasam, lek ular kuldi.
Ichimdan mehr ham o'ldi,
Odamlar, odamlar.
Do'stlarim sevgimdan ayirdi,
Qush edim, qanotim qayirdi.
Rost gapim tuhmatga buyurdi,
Odamlar, odamlar.
Vijdon qani, oqibat qani?
Shunchalik o'zgarganmi biz, ayting odamlar?
Yoshligim mani qaytsaydi qani,
Sog'indim, ko'ngli pok, mehribon odamlar.
Vijdon qani, oqibat qani?
Shunchalik o'zgarganmi biz, ayting odamlar?
Yoshligim mani qaytsaydi qani,
Sog'indim, ko'ngli pok, mehribon odamlar.
Yonimda "sen yaxshi" deysiz,
Ortimdan "u yomon" deysiz.
Yo'qlasam, "tanimadim" deysiz,
Odamlar, odamlar.
Omading kelsa, sen zo'rsan,
Gar sinsang, bilgin, hech kimsan.
Hammasi bu sinov, bilsang,
Odamlar, odamlar.
Vijdon qani, oqibat qani?
Shunchalik o'zgarganmi biz, ayting odamlar?
Yoshligim mani qaytsaydi qani,
Sog'indim, ko'ngli pok, mehribon odamlar.
Vijdon qani, oqibat qani?
Shunchalik o'zgarganmi biz, ayting odamlar?
Yoshligim mani qaytsaydi qani,
Sog'indim, ko'ngli pok, mehribon odamlar.



Авторы: Nilufar Usmonova


Nilufar Usmonova - Odamlar - Single
Альбом Odamlar - Single
дата релиза
04-04-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.