Ozodbek Nazarbekov - Opa meni yo'qlab keling текст песни

Текст песни Opa meni yo'qlab keling - Ozodbek Nazarbekov



Opa meni yo'qlab keling,
Yarim ko'nglim to'qlab keling.
Sog'inganman Ona mehrin,
Siz Onamga o'xshab keling.
Opa meni yo'qlab keling,
Yarim ko'nglim to'qlab keling.
Sog'inganman Ona mehrin,
Siz Onamga o'xshab keling.
Yurakkinam ketmay nurab,
Jigaringiz holin so'rab.
Shoyi ro'mollarin o'rab,
Siz Onamga o'xshab keling.
Goh muzlayman toshli tanda,
Erkalatar endi qanday?
Bolam deng bir adashganday,
Siz Onamga o'xshab keling.
Mirzo to'kar ko'zdan qonin,
G'animatdir har bir onin.
Jonim beray Opajanim,
Siz Onamga o'xshab keling.
Mirzo to'kar ko'zdan qonin,
G'animatdir har bir onin.
Jonim beray Opajanim,
Siz Onamga o'xshab keling.
Do'st-yor vafo qilmaganda,
Baxt-u omad kulmaganda.
Dunyo yo'qlab kelmaganda,
Siz Onamga o'xshab keling.
Yurakkinam ketmay nurab,
Jigaringiz holin so'rab.
Shoyi ro'mollarin o'rab,
Siz Onamga o'xshab keling.



Авторы: Ozodbek Nazarbekov


Ozodbek Nazarbekov - Opa Meni Yo'qlab Keling
Альбом Opa Meni Yo'qlab Keling
дата релиза
14-12-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.