Sevara Nazarkhan - Sirdoshim (Live) текст песни

Текст песни Sirdoshim (Live) - Sevara Nazarkhan



Bilaman, dunyo bir kam,
Shundan dunyo yig'madim.
Goh dunyoga sig'sam ham,
O'z-o'zimga sig'madim.
Ko'ngil to'lib ketgan chog',
Lablarimni mixladim.
Xorlik solganda qiynoq,
Qadrim uchun yig'ladim.
Biri kam dunyo azal,
Dema: "u deb yig'ladim".
Umidim mening afzal,
Sirdoshim aziz nadin?
Qahraton chog'lar sambit
Novdasiday ko'kladim.
Eh, dunyo ne boumid
Faqat seni yo'qladim.
Bizlar kelib ketguvchi,
Bunda men na siqtadim.
Bizni quvib o'tguvchi
Dunyo yosh, g'oyat qadim.
Biri kam dunyo azal,
Dema: "u deb yig'ladim".
Umidim mening afzal,
Sirdoshim aziz nadin?
Sirdoshim...



Авторы: J. Subhon, Marat Maksudi, Sevara Nazarkhan


Sevara Nazarkhan - Humo Arena (Live)
Альбом Humo Arena (Live)
дата релиза
08-10-2021




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.