Shoxrux feat. Sardor Rahimhon - Yig'lar Osmon текст песни

Текст песни Yig'lar Osmon - Shoxrux feat. Sardor Rahimhon



Yuragimda bu ko'pdan beri yashaydi g'alati bir tuyg'u
Misoli bir ko'zgu, paydo bo'ldi to'satdan intilish
Armon ezgu, hayratda qoldirdi mani bugungi kundagi orzu
Nima kerak, nima kerak emas
Ziyoni foyda masalasida o'ylab korib qadam bosish
Habar olish, habar berish deganday harakatlarni asos qilish
Hayronman negadir yolg'iz qolganimda hayollarimga qo'yolmayman chegara
O'zim-o'zim bilan hamisha ovora, savollarim yeru-osmon
Lekin uni hech biriga javob topa olmay bo'ldimku ovora
Umrim boyi ko'rganimdan hayratdaman, hali ko'radigan ham
Go'yo ertak bir afsona, ketarman hayrona
Bardosh berib har bir holatimga shamolga qarshi mardona
Yig'lar Osmon, yi'glar qalbim
Bilmayman nechun
Yig'lar Osmon, yi'glar qalbim
Nechun, o nechun... - Har soat, har soniya
Yahshilikni gumon qilib borimga shukur qilish bilan
Kuzataman hayotning namoyishini, har bir yozgan kunini
Albatta homush holatsiz yuraklardagi mashaqatsiz dono bo'la olmas hech kimsa
Haliyam jonni bedavo holatga keltiradigan fojiyaviy
Voqealarga bardosh bera olsa, agar bo'lsa qani
Og'riganda dil birovning tili tufayli
unutib ham kechirsa, tort tomonim olam
Tohtab qolar nafasim bir dam
Tebranib dam-badam, topmadim malham
Hursand bo'ladigan bo'ldim man kamdan kam
Oqadi ko'z yosh sababini bila olmadim, mani tinglagani topilmadi sirdosh
Hamma narsalar yetdi poyoniga, yondi kuydi bitdi quvonch
Lekin o'lmadi ishonch...
Yig'lar Osmon, yi'glar qalbim
Bilmayman nechun
Yig'lar Osmon, yi'glar qalbim
Nechun, o nechun... -




Shoxrux feat. Sardor Rahimhon - Barcha Qo'shiqlar
Альбом Barcha Qo'shiqlar
дата релиза
09-09-2015



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.