Shoxrux - O'ynaydi текст песни

Текст песни O'ynaydi - Shoxrux



Keldilar noz ila qadam tashlab,
O't qalab yurakka, dilni g'ashlab.
Ko'rganlar hayratda, yoqa tishlab,
Qoldilar zebo raqsni boshlab.
Olganda oyoqlar, harakatdan tolganda,
Qimir-qimirlashga ishtiyoqim o'lganda.
So'lganda qiziqish, kayfiyat yo'qolganda,
Davrada man paydo janon nazar solganda.
(O'ynaydi) to'xtamay, qo'shiq tanlash yo'q,
(O'ynaydi) yaqinlashsang, qilarlar do'q.
(O'ynaydi) ko'ngilga pari yoqib cho'g',
(O'ynaydi) kiprigi o'q, o'ynaydi sho'x.
(O'ynaydi) to'xtamay, qo'shiq tanlash yo'q,
(O'ynaydi) yaqinlashsang, qilarlar do'q.
(O'ynaydi) ko'ngilga pari yoqib cho'g',
(O'ynaydi) kiprigi o'q, o'ynaydi sho'x.
Taqillar-shaqillar, u kiyib olgan poshna,
Joduli qarashlar aylantirdi boshni.
Bahslashar raqsda men ila, chimirib qoshni,
U yon, bu yonga silkitib sumbul sochni.
Qilib xasta bir pasda, qiyo boqsa asta,
Go'yoki u qasddan, tanaffus qilmasdan.
Davom etar, chertar rosa tortinmasdan,
Sehrladi meni, tabassumidan mastman.
(O'ynaydi) to'xtamay, qo'shiq tanlash yo'q,
(O'ynaydi) yaqinlashsang, qilarlar do'q.
(O'ynaydi) ko'ngilga pari yoqib cho'g',
(O'ynaydi) kiprigi o'q, o'ynaydi sho'x.
(O'ynaydi) to'xtamay, qo'shiq tanlash yo'q,
(O'ynaydi) yaqinlashsang, qilarlar do'q.
(O'ynaydi) ko'ngilga pari yoqib cho'g',
(O'ynaydi) kiprigi o'q, o'ynaydi sho'x.




Shoxrux - To'plam
Альбом To'plam
дата релиза
02-04-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.