Shoxrux - Yor-Yor текст песни

Текст песни Yor-Yor - Shoxrux

Yangraydi shum yangalar aytgan o'sha dardli o'lan, yor-yorlari,
Yayraydi to'yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.

Oppoq libos yarashibdi, yor, bo'yingga,
Baxtli bo'l, iloyim, yetib kir uyingga.
Toshdek borib qotgin borgan joyingga,
Ranjimagin kelganim uchun to'yingga.
Ko'rib ko'ngling, iltimos, xira bo'lmasin,
Kayfiyating man deya so'lmasin.
Orzuyim oppoq libosda ko'rish edi,
Dedim orzuyim armon bo'lib qolmasin.
Yangraydi shum yangalar aytgan o'sha dardli o'lan, yor-yorlari,
Yayraydi to'yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.
Yangraydi shum yangalar aytgan o'sha dardli o'lan, yor-yorlari,
Yayraydi to'yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.
Egma boshingni, tik qara taqdir ko'ziga,
To'g'ri qilding kirib otangning so'ziga.
Ular yomonlik ravo ko'rmaydi,
Barchasini qo'yib ber vaqtning o'ziga.
To'g'ri, o'tmishni yod olib dard yutamiz,
Qalbimizni azob qo'liga tutamiz.
Ammo endi sevishdan nima foyda?
Kel, yaxshisi bir-birimizni unutamiz!
Yangraydi shum yangalar aytgan o'sha dardli o'lan, yor-yorlari,
Yayraydi to'yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.
Yangraydi shum yangalar aytgan o'sha dardli o'lan, yor-yorlari,
Yayraydi to'yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.

Shoxrux - Ota-Ona
Альбом Ota-Ona
дата релиза
10-05-2017

Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.