Tohir Sodiqov - Kel Yashaylik Birga текст песни

Текст песни Kel Yashaylik Birga - Tohir Sodiqov



Agar menga bo'lgan sevging chin bo'lsa,
Agar tanlaganing, jonim, men bo'lsam,
Uzat ul qo'ling menga, sevgim timsoli -
Uzuk taqay unga bir umrga.
Kel, yashaylik biz birga,
Bizning ertagimizda,
Do'stu dushman ichida
Ikkimiz oxirgacha.
Eng so'nggi nafasgacha,
To o'lim ajratguncha,
Yaxshi yomon kunimda
Bo'lasanmi yonimda?
Hammadan go'zalsan sen oq libosda,
Hayajonda dugonalar havasda,
Ayt, bu tushmi yo o'ngim,
Nahot senga erishdim!
Mening baxtim,
Men ahd qildim.
Kel, yashaylik biz birga,
Bizning ertagimizda,
Do'stu dushman ichida
Ikkimiz oxirgacha.
Eng so'nggi nafasgacha,
To o'lim ajratguncha,
Yaxshi yomon kunimda
Bo'lasanmi yonimda?



Авторы: Tohir Sodiqov


Tohir Sodiqov - Best of Bolalar
Альбом Best of Bolalar
дата релиза
13-04-2015




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.