Ulug'bek Rahmatullayev - Bekatlar текст песни

Текст песни Bekatlar - Ulug'bek Rahmatullayev



Umr uzun yo′l, bekatlari mo'l,
Biri nurafshon, birida soya.
Navqiron do′stim, o'zing o'ylab ko′r:
Senga qadrdon ne maqsad, g′oya?
Bor shunday bekat, etguvchi sarson,
Bekorchilarga manzil-u makon.
Sen bu bekatda to'xtasang agar,
Umring adog′i afsus, pushaymon!
Keyingi bekat ne bo'lar keyin?
Ertangi hayot emasdir o′yin.
Kamol topmasang o'qib, o′rganib,
Keyin o'rningni topmog'ing qiyin.
Bor shunday bekat borlig′i yorug′,
Ilm-u hunarga, hikmatga to'liq.
Navqiron do′stim, senga shu yo'l mos,
Qalbing to′rida maqsading ulug'.
Yana bir bekat o′yinlar aro,
Vaqtni boy berma, aldanma aslo.
Qolib ketsang gar ushbu bekatda,
Seni xorlikka etar mubtalo.
Bor shunday bekat, etguvchi sarson,
Bekorchilarga manzil-u makon.
Sen bu bekatda to'xtasang agar,
Umring adog'i afsus, pushaymon.
Keyingi bekat ne bo′lar keyin?
Ertangi hayot emasdir o′yin.
Kamol topmasang o'qib, o′rganib,
Keyin o'rningni topmog′ing qiyin.
Bor shunday bekat borlig'i yorug′,
Ilm-u hunarga, hikmatga to'liq.
Navqiron do'stim, senga shu yo′l mos,
Qalbing to′rida maqsading ulug'.




Ulug'bek Rahmatullayev - Yonimda
Альбом Yonimda
дата релиза
09-11-2017




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.