Yulduz Usmanova - Bolalik текст песни

Текст песни Bolalik - Yulduz Usmanova



Bolalikning ko'chalari ko'zdan o'tar
Umr - karvon to'xtamaydi, mangu ketar
Yuragimga zangor sog'inch tig'day botar
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?
Maysa gilam, yalangoyoq chopar edim
Ko'k dalada ko'kka qarab yotar edim
Yalpizlarning bo'ylaridan o'par edim
Yalpizginam sen ham meni sog'ingmi?
Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?
Bolalikning ko'chalari tor emasdi
G'am-tashvishga murg'ak qalbim zor emasdi
Yulduzjonim o'kinchlarga zor emasdi
Ay sho'xligim sen ham meni sog'indingmi?
Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?
Endi o'sha osmon to'la ko'zlar qani?
Qirda qolgan yalangoyoq izlar qani?
Qo'l ushlashib yugurishgan qizlar qani?
Dugonajon sen ham meni sog'indingmi?
Zoru hayron tentirayman toshlar aro
Ko'zlarimda qalqib turgan yoshlar aro
Senga yetib borolmayman tushlar aro
Marg'lon, ayt sen ham meni sog'indingmi?
Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?



Авторы: Yulduz Usmanova


Yulduz Usmanova - Binafscha
Альбом Binafscha
дата релиза
01-01-1996




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.