Konsta - Qop-qora Songtexte

Songtexte Qop-qora - Konsta




Oppoq tug'ilgan bollaru qizlar qorayib borar
Sovuq dunyoni ko'rgan sari qo'llari muzlab
Biz uyda yo'qmiz moskvadami turkiya dubay aqsh
Adashib ketgan odamlar har xil yo'llarin izlab
Sovuq maktablarda kelajak nihollari bizda
Buyuk insonlarni qoni oqar qonlarimizda
Ba'zi holatlarda ko'rib hayron qolasan
Qachondan beri yashiydi bu nafrat bizga
Tanish bu insonlarimizda
Qop qora hayolda moshinalar narxi
Qizlaru poshnalar xar xil
Telefonga qarab boshlanar har kun
U bitta emas axir boshqalar ham ku
Qop qora miyyada g'am ko'p
Kam ko'st juda ham ko'p
Osh mon choy kampo't
Uy joy comfort
Amallab imtihondan to'rt
Qancha bo'pti ekan not coin
Telefonga bitta chotki o'yin
Barmoqlar ishlidi bo'tni qo'yib
Maqsadi buguncha bo'kib to'yish
Qaysi zo'r samarqand yoki yo'y osh
Oy ketib chiqadi samoga quyosh
Qop qora bollada hobby lobby
Qop qorani qoraroqqa bo'yasb
Qaysi ishda ko'proq oylik ekan
Kuyov ish qilib uy joylimikan
Bollarni tashvishi boyligi kam
Hayollar qo'lini boylidigan
Men haqimda kim qandey o'ylidi ekan
O'lsa ham mahhalla ko'y didigan
Yashashga qo'ymidigan
Ellikka bormasdan yiragi o'ynidigan
To'xta kel ikki
Quyonni uramiz bir o'qda
Madaniy to'lsa to'ladi moddiy hammasi oddiy
Sen yo'q de sen bu dunyoni poygasi yo'q de
Och bo'lsang ham ko'rin o'ziga to'q dey
Yolg'iz emas hech kim keragi yo'qdey
Kitoblardan izla do'xtor to'xta
Do'stim faqat soch emas bilimni ham o'stir
Tilimdagi bu dilimdagi rostan yo'limdagi bosgan
Qadamlarimdan kelib chiqib aytaman
Shu gapga qaytaman bilimni o'stir
Qop qora bu holat
O'zgaradi qilsang mutolaa
Moddiy vaqtincha a bu qolar
Maqsadi bor inson ucha olar do'stim
Qop qora bu holat
O'zaradi qilsang mutolaa
Moddiy vaqtincha a bu qolar
Maqsadi bor inson ucha olar do'stim
Kuylarimda
Qop qora orzular
Qop qora manzillar
Kunlaringdek
Soqqali mavzular
Uzoqqa bormas ular
O'ylaringda
Seni hayollaringda
Qara yo'llaringda
Qop qora narsalar xavf solar
Kuylarimda
Qop qora orzular
Qop qora manzillar
Kunlaringdek
Soqqali mavzular
Uzoqqa bormas ular
O'ylaringda
Seni hayollaringda
Qara yo'llaringda
Qop qora narsalar xavf solar



Autor(en): Alinur Rashidov, Sharifjon Abdulayev



Attention! Feel free to leave feedback.