Munisa Rizayeva - Dema-Dema (with Botir Qodirov) Songtexte

Songtexte Dema-Dema (with Botir Qodirov) - Munisa Rizayeva




Bevafo dema,
Bedavo dema!
So'zlarimga boq,
Ko'zlarimga boq!
Qayrilib, qayrilib
Ne qiladursan?"
"Qayrilib?!.
Atrofda qoldi jonginam,
Bilsang, mening yomonginam!
Ayrilaman-de,
ayrilaman-de!"
"Eshigingning oldida
Kutib, ko'zim toldi-da!
U yonidaman, bu yonidaman,
Yanama-yana aytaman!"
"Dema-dema, yomon dema!
So'zlarim gumon dema,
Man yomondan ayrilib,
Yuzlarim somon dema!"
(again)
"Qulog'iga gapni olmas,
Aslo bitta gapdan qolmas,
He! Dalli-dalli-dalli!
Gapiraverib hech tolmas!"
"Hmmm!.
Tanlab topganim kuydirmajon,
Ko'z yoshlarim marjon-marjon,
Yomonam o'jar-da,
Hey! Bag'rimni ezar-da!"
"Eshigingning oldida
Kutib, ko'zim toldi-da!
U yonidaman, bu yonidaman,
Yanama-yana aytaman!"
"Dema-dema, yomon dema!
So'zlarim gumon dema,
Man yomondan ayrilib,
Yuzlarim somon dema!
(again)
"Voy! Saning tiling balo!
Qilding dardga mubtalo!
Hadeb nolishdan ko'ra
Bir bor holimni so'ra!"
"Maylimi?
Shirin so'zga yaramasang,
Mehr bilan qaramasang,
Ayrilaman-de!
Hey!
Ayrilaman-de!
"Eshigingning oldida
Kutib, ko'zim toldi-da!
U yonidaman, bu yonidaman,
Yanama-yana aytaman!"
"Dema-dema, yomon dema!
So'zlarim gumon dema,
Man yomondan ayrilib,
Yuzlarim somon dema!"
(again4)




Munisa Rizayeva - Yurak
Album Yurak
Veröffentlichungsdatum
11-07-2016




Attention! Feel free to leave feedback.