Songtexte




Nahotki ikkimizdan ham bir
Kerakli so'z topilmasa,
Nahotki bu keraksiz mavzu
Ochilsa-yu yopilmasa
Nahotki baxtim deganim
Endi armonim bo'lib qolasan,
Nahotki yarim bo'lagim
Ko'nglim yarmim bo'lib olasan,
Uch kundan beri uyqu yo'q
Almashtiradi uyqu yoshni
Lekin menga farqi yo'q,
Halovat yo'qolgan topilmaydi o'zimni qo'ygani joy,
Holim hech kim bilmaydi lek yurak so'rar najot,
O'sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo,
Qiziqtirmas olam,
Tegidagi navo,
Qilolmay tasavvur,
Xayolda bitta savol,
Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol?
O mani baxtim,
Qarshingdaman so'nggi bor.
Nahot qolmadi vahtim,
So'zlarim tingla so'nggi bor.
O mani baxtim,
Endi bir o'zing yet orzularimizga.
Qolmadi vahtim
Ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga.
Ooooooo ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Mayli baxtli bo'l meni esa hech o'ylama.
Ooooooo sen ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Sevganing bilan baxtli bo'l hech qachon undan ayrilma.
Endi mani ko'zlarim bilan olamga qara.
Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz.
Oddiy ko'chalardan topib go'zal manzara,
Xayotga sevgan ko'zlar bilan qara.
Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning.
Baxt sababchi bo'lsin ko'zing yoshlagan kuning.
Endi mani qo'ng'iroqlarim buzmaydi tuning.
Endi yuzingdagi tabassum bo'lmaydi sun'iy.
Endi xayotimni nuri bilan yorit yo'ling.
Qiyin bo'lgandi orzularimiz tutsin qo'ling.
Endi mani felim bilan tashvishga beparvo
Bo'lib shirin xayollairngda qilaver parvoz.
Endi bo'lsin o'sha shirin tushlaring bari rost
Bo'l baxtga yaqinroq
Mayli mandan nariroq
Parvoz et eshitmay
Yonimda qol desam
Man esa pastga
Qanotlarim qoldi sanda.
O mani baxtim,
Qarshingdaman so'nggi bor.
Nahot qolmadi vahtim,
So'zlarim tingla so'nggi bor.
O mani baxtim,
Endi bir o'zing yet orzularimizga.
Qolmadi vahtim
Ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga.
Ooooooo ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Mayli baxtli bo'l meni esa hech o'ylama.
Ooooooo sen ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Sevganing bilan baxtli bo'l hech qachon undan ayrilma.



Autor(en): Xudoyor Berdiyorov


Otash Xijron - To'plam 1
Album To'plam 1
Veröffentlichungsdatum
22-02-2019

1   Elim
2   Qora Yo'l
3   Jon Gulim
4   To'kildi
5   Yor-Yor
6   U
7   Tillolar
8   Adashdim
9   Lolam
10   Atirgulim
11   Aldamadim
12   Afsus
13   Aldamagandim
14   Avrading
15   Ayirdilar
16   Barno
17   Dil
18   Dilorom
19   Aylanay
20   Dildorim
21   Chiroq
22   Do'st
23   Eslagin
24   Essiz
25   Endi Yig'la
26   Imkon
27   Gul
28   Gulim
29   Eslamagin
30   Feride
31   Indama
32   Labing
33   Kumush
34   Ko'zlari Qoram
35   Keldim
36   Ketmoqdasan
37   Ko'zlari
38   Ketgansan
39   Musofir
40   Ko'zi Qaro
41   Jaroxat
42   Layli
43   Kumushimsan
44   Malikam
45   Marjonam
46   Menikimassan




Attention! Feel free to leave feedback.
Wird geladen
Wird geladen