Ulug'bek Rahmatullayev - Ayriliq Kuyi Songtexte

Songtexte Ayriliq Kuyi - Ulug'bek Rahmatullayev




Muhabbat yo'q ekan, vafo yo'q ekan,
Sho'rlik yuragimga jafo ko'p ekan.
Endi men qo'limga olib sozimni,
Ayriliq kuyini chalib ketaman.
Ichaman taqdirning achchiq sharobin,
Tinglayman qalbimning unsiz fig'onin.
Dard bo'lgan sevgida so'ngsiz nigohim,
Ayriliq kuyini chalib ketaman.
Nega o'rtamizda sarson muhabbat?
Axir bo'lmasmidi qalqon muhabbat?
Nam bosgan ko'zlarda vayron muhabbat,
Ayriliq kuyini chalib ketaman.
Tog'lardan sharshara bo'lganman, ammo
Meni tashlab ketgan irmoqqa daryo.
Manzilim qay ekan, balki yetarman,
Balki qaro yerga singib ketarman.
Ayriliq kuyini chalib ketaman...




Ulug'bek Rahmatullayev - Yonimda
Album Yonimda
Veröffentlichungsdatum
09-11-2017




Attention! Feel free to leave feedback.