Vohidjon Isoqov - Onam Songtexte

Songtexte Onam - Vohidjon Isoqov




Ota qoni bo'lar yigit qonida,
Ota bo'lsin doim yigit yonida.
Gulzorida bulbul sayrar, bog'ida,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin.
Otang bo'lsa, ko'kka yetar bo'ylaring,
Duo qilsa, yaxshi otar to'ylaring.
Baxt, shodlikka to'lib ketar uylaring,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin.
Mehr berar doim o'g'il-qizingga,
Otalar mard, rost gapirar yuzingga.
Yomonni hech yondoshtirmas izingga,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin.
Ota rozi – Xudo rozi deganidir,
Otasi yo'q kimlardir g'am yegandir.
Umr bersin qodir Xudo Egamdir,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin.
Ota qoni bo'lar yigit qonida,
Ota bo'lsin doim yigit yonida.
Gulzorida bulbul sayrar, bog'ida,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin.
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin



Autor(en): Vohidjon Isoqov


Vohidjon Isoqov - Eslagin
Album Eslagin
Veröffentlichungsdatum
13-03-2019





Attention! Feel free to leave feedback.