Dildora Niyozova - Ota-Onam Lyrics

Lyrics Ota-Onam - Dildora Niyozova



Bugun yana bahorlarga yalindim,
Umr degan anhorlarga yalindim,
Soniya-yu misqollarga yalindim,
Tez qaritib qo'ymang otam-onamni deb.
Yuzlarida ajin degan dog' ko'rindi,
Sochlarida buncha erta oq ko'rindi,
Xayollarim har tomonga qoq bo'lindi,
Tez qaritib qo'ymang otam-onamni deb.
Umr shuncha tez o'tibdimi,
Keksalik qo'lin tutibdimi,
Ko'nglim armonga to'libdimi,
Ota-onam qaribdimi?
Xazonlarga to'lmay turing bog'larim-ey,
Yuzimga chang solmay turing dog'larim-ey,
Shoshmay turing, ey siz, baxtli chog'larim-ey,
Tez qaritib qo'ymang otam-onamni deb.
Bugun yana havotirga chalindim,
Umid bilan armonlarga tanildim,
Karami keng osmonlarga yalindim,
Tez qaritib qo'ymang otam-onamni deb.
Umr shuncha tez o'tibdimi,
Keksalik qo'lin tutibdimi,
Ko'nglim armonga to'libdimi,
Ota-onam qaribdimi?
Ko'ngil qushi kezsaydim ko'p olam derkan,
Xofiz qani zo'r bo'lsaydi nolam derkan,
Ota-ona o'lgunicha bolam derkan,
Ayting, do'stlar farzand qachon
Otam derkan, onam derkan?



Writer(s): dildora niyozova


Dildora Niyozova - Bu Yo'llarda
Album Bu Yo'llarda
date of release
01-08-2014




Attention! Feel free to leave feedback.